Yangiliklar
Rentora'da nimalar qo'shilgani va o'zgargani — yangisi yuqorida.
1. Sayt v1.6 — gift bo'limlari, support chat, NFT egalari himoyasi
- Telegram Mini App — @Rentgifts_app. Bozor to'g'ridan-to'g'ri Telegram ichida: katalog, ijaraga olish, ijaralarim va uzaytirish, balansni to'ldirish (sayt bilan bitta balans), support.
- Gift bo'limlari. Katalogda Telegram'dagi barcha 120 kolleksiya va 60 fon bo'yicha saralash. Qo'shilgan gift o'z bo'limiga o'zi tushadi; bo'sh bo'limlarga tez orada qo'shiladi.
- API:
GET /v1/giftsva?collection=,?backdrop=filtrlari — Docs Web hujjatida. - Support chat. Kabinet va NFT egasi panelida "Rentora AI" yonida: admin bilan to'g'ridan-to'g'ri yozishasiz, javob Telegram botga ham keladi.
- NFT egalari uchun. Har bir ijarachi bo'yicha statistika (shaxsi yashirin), pul qaytarishlar sababi va ulushingizga ta'siri bilan, himoya holati, "hamma qurilmadan chiqish" va favqulodda to'xtatish.
2. Sayt v1.5 — NFT egalari va kabinet
- Narxni o'zgartirish so'rovi. NFT egasi panelida yangi kunlik narx taklif qilasiz, admin tasdiqlagach u keyingi ijaralarga qo'llanadi.
- NFT'ingiz holati jonli. Ijarada bo'lsa — qachongacha, katalogda bo'lsa — mijozlar ko'radigan narx va nechta odam bo'shashini kutyapti.
- Ulashish havolasi. Har NFT'ning chiroyli sahifasi (
/n/nom) — bir bosishda nusxalanadi. - Kabinetda uzaytirish. Faol ijarani bir bosishda uzaytiring: NFT qaytmaydi, xizmat haqi yo'q.
- Tarixni CSV'ga yuklab olish. Balans harakatlari Excel'da ochiladigan faylda.
- Xavfsizlik kuchaytirildi. Tashqi skriptlar butunligi tekshiriladi, sahifalar boshqa saytlarga ramka qilib qo'yilmaydi, saytdagi AI'da ovozli xabar ishlaydi.
3. Rentora AI v1.8
- Katta oyna: /ai. To'liq ekranda ishlash: chapda suhbatlar ro'yxati, qidiruv, yangi suhbat (
Ctrl+K), suhbatni.mdfaylga yuklab olish. - Telegram botda tartibli menyu. Bosh menyuda asosiy 6 ta tugma, qolgani "Boshqa" ichida.
- Odatiy savollarga darhol javob. "Eng arzon", "ijaralarim", "balans", "@nom" — bazadan, bir zumda.
- Tezroq va aniqroq. Javob 1–2 soniyada, narx va holat faqat bazadan.
4. Sayt v1.4
- Yangi dizayn: bosh sahifa, katalog, hujjatlar, kabinet va egasi paneli.
- FirePay va Click orqali onlayn to'lov (ulanishi bilan ishga tushadi).
- Ijarani uzaytirish (bot va API), bo'shaganda xabar berish.
- Foydalanish shartlari va maxfiylik siyosati, sitemap.
5. Sayt v1.3
- Katalog sahifasi va har NFT uchun chiroyli havola.
- Telegram botda ijaraga olish va balansni to'ldirish.
- Katalog va bot narxi, dasturchilar uchun API narxi.